SHUKR DEYSAN SEN QACHON? Ta'magirni tortqilab, Nafsi qo`ymas deydilar. Nokas o`zi to`ysa ham, Ko`zi to`ymas deydilar. Boq bir yorug` olamga — Kimlar zo`rg`a kun ko`rar. Odamlar bor, bog`dagi Bulbuldan ham pul so`rar. Yolg`on dunyo — bu dunyo, Arzon dunyo — bu dunyo. Ne-ne hokim, beklardan Qolgan dunyo — bu dunyo. Kiprikdan ham qisqadir Molu dunyo yo`llari. Ibrat bo`lsin Iskandar Ochiq ketgan qo`llari!.. Uzat deysan, ber deysan, Hech qo`ymading odamzod. Tuya to`ydi, fil to`ydi, Sen to`ymading, odamzod. Shukr qilar hattoki Qumursqa-parrandalar. Shukr deysan sen qachon, Xom sut emgan bandalar?.. Bu uch kunlik dunyoda Savlatigga kerilma. Qasr qurma, bog` qoldir, Davlatingga kerilma. O`z elingni