Qarang, yoningizda turibman mana, rost, butun xayotim, yorim sizniki. Uni sevganimday sevolmasam- da, vujudim sizniki, borim sizniki. Qarang, yoningizda turibman mana, lek dilda eng toza tuygu uniki. Baxtlisiz, dardimni bilolmaysiz-da, jonimni simirgan qaygu sizniki. Qarang, yoningizda turibman mana, umrim sizniki-yu, ruxim uniki. Bu jismim sizniki, jonim sizniki, bilmaysiz, isyonkor qonim uniki. Ammo yoningizda turibman yana.