Ko’zyoshlarga cho’mildi ko’nglim, G’uncha misol yumildi ko’nglim, Armonlarga ko’mildi ko’nglim- Baxtlimisiz endi sevgilim?
Hijron ichib muhabbatimdan , Armon quchib muhabbatimdan, Siz voz kechib muhabbatimdan – Baxtlimisiz endi sevgilim?
Yo’linggizga qullarim sochib, Borganim choq dilimni ochib, Siz o’zga yor bag’riga qochib – Baxtlimisiz endi sevgilim?
Ayriliqdan yurak bo’ldi xun, Kunduzlarim bo’ldi qaro tun, Topgan yoringiz bilan bugun- Baxtlimisiz endi sevgilim?
Taqdir bo’ldi mendan darg’azab, Yuragimga armonni qadab! O’zinggizni vafodor atab- Baxtlimisiz endi sevgilim?
Vafosizlik qildingiz gulim, Unutolmas hech buni dilim, Menga bir yo’l qoldi bu - O’LIM. Baxtlimisiz endi sevgi