Do'stim
Uyqu yo'qmi do'stim bu oqshom,
nega yana xomushsan bu payt.
Yoki yana olis yurtlarda,
o'z yurtingni sog'indingmi ayt.
O'zga yurtda yuraging tig'lab, qo'msadingmi qishloq havosin.
Bugun yana ko'zlaring namlab, sog'indingmi Onang ovozin.
Balki mayus yuraging yulib,
o'ksidimi bu yara ko'ngling.
Aka bo'lib mexringni berib,
erkalatging keldimi singling.
Do'stim nega g'amginsan bugun,
nega yana betartib xonang.
Uzoq yurtda bo'lganing uchun, tushlaringga kirdimi Onang.
Oh urasan osmonga qarab,
Ohlaringda sog'inch hissi bor. Yaqinlaring diydorin qumsab,
Yana tuning o'tdimi bedor
Dilbandlaring mexrla quchib, yurganlaring yodga tushdimi.
Yo hayoling yor tomon uchib,
Yuragingda