Sog'insam, ko'zimning yoshida Onam, Dard cheksam, yostig'im boshida Onam. Chorasiz qoldirsa azobu alam, Mung'ayib farzandin qoshida Onam. Tong sahar bewigim tebratgan Onam, Allalar aytganda uxlaydi olam. Bergan oq sutingiz tanamga malham, Yolg'izim, munisim, sirdoshim Onam. Olamning sarvari Rasul Muhammad, Uch bor ONA deya aytdilar hikmat. Gar topmoq istasam eng oliy ne'mat, Poyingizda ekan jannatim Onam