Birgina daraxt-qalin o'rmonzorlarni boshlab berishi mumkin. Birgina kechirim-rishtalarni qayta bog'lashi mumkin. Birgina shirin so'z-siniq ko'ngillarni shod qilishi mumkin. Birgina tabassum-noxushliklarni bartaraf etishi mumkin. Birgina uzr-alamzada qalblarni yumshatishi mumkin. Birgina salom-o'zaro muhabbat uyg'otishi mumkin. Birgina umid-yuksak muvoffaqiyatlarga yetaklashi mumkin. Birgina sukut-minglab ko'ngilsizlikning oldini olishi mumkin. Birgina yaxshilik-JANNATga olib kirishi mumkin.
Bilib qo'ying hayotda zo'rdan ham zo'r chiqadi. Voy peshonam sho'r demang, undan ham sho'r chiqadi. Omadni siz quvmang, quvisangiz u ketadi, doim halol bo'lsangiz o'zi quvib yetadi, kimdir aqlli bo'lar, kimdir undan o'tadi. Ko'p bilganni oxiri, ko'p savollar kutadi. Osmondagi bulutlar doim uchib yuradi. Ayting qaysi zo'r inson mangu hayot ko'radi. Mangulikdan foyda yo'q XAR BIR INSON O'LADI!