Xayolingiz bir zum qolmaydi mensiz,
Dunyolar tor go'yo, yo'llar ham ensiz,
Deysiz yasholmayman hayotda sensiz,
Men sizsiz yashashni boshlagan kunim.
Ko'zingiz yoshlaysiz, urarsiz faryod,
Zolim muhabbatdan aytarsiz ham dod,
Har o'tgan on uchun yozarsiz isnod,
Men ishqsiz yashashni boshlagan kunim. I
zimdan termulib aytolmaysiz so'z,
Bugun yurak yig'lar, yosh to'kmaydi ko'z,
Qarab qoldingizku izlarimdan bo'z,
Men izsiz yashashni boshlagan kunim.
Hali ko'p zamonlar o'tar birma bir,
Kulib ichingizni o'rtaydi bir sir,
Qaytadi bir kuni izmidan taqdir,
Men so'zsiz yashashni boshlagan kunim.
Aldanib atrofdan izlaysiz jimib,
Yurakni hovuchlab ko'zlarni yumib,
Bilma