Garchi davlatlari mo'l bo'lar, Orzu-istaklari mo'l bo'lar, Tashvish mehnatlari mo'l bo'lar, Yolg'iz o'g'il bo'lgan yigitning. Sirlarin aytolmas onaga, Yo singlisi, gul-g'uncha lolaga, Dardlari aylanar nolaga, Yolg'iz o'g'il bo'lgan yigitning. Begona bo'larmu suyanchi, Bo'lmasa otasi tayanchi, Yuragi mehrga tilanchi, Yolg'iz o'g'il bo'lgan yigitning. To'ylar qilsa xonadonida, Armon yig'lar shirin jonida, Aka-uka bo'lmas yonida, Yolg'iz o'g'il bo'lgan yigitning. Yor-yor bilan kelin kelsiney, Ko'ngillarga oftob kulsiney, Uyi o'g'illarga to'lsiney, Yolg'iz o'g'il bo'lgan yigitning...