Gadoysifat boyni xam, dengiz yutgan soyni xam, Igna kirgan joyni xam, ul zot körib turibdi. El owagan owlarni, erni öpgan bowlarni, Maxfiy - pinxon iwlarni ul zot körib turibdi. Kim ortimdan otmiw öq, kim soyamga qilar döq, Adovatim, ginam yöq, ul zot körib turibdi. Diling sog'mi yo bemor, yurak qalbingda ne bor, Garchi tört yoning devor ul zot körib turibdi. Parda witirlawidan, nega qörqasan eyy, tan, Pardasiz nuri bilan ul zot körib turibdi. Ey döst, Gul ek uzungga, aytgin ög'il qizingga, xar ne qilsang özinga, ul zot körib turibdi...!