...
•
Qichqirgim keladi osmonga e voh,
Hatto ahtaraman tushlarimda ham,
Sogindim sizni yo Rosululloh.
Dardimni aytarga odam topmadim,
Mehrga sizchalik hotam topmadim,
Izladim rossayam mudom topmadim,
Sogindim sizni yo Rosululloh.
Yoningizda sokin yursam etarli,
Yurish tugul bir bor ko'rsam etarli,
Sizga faqat boqib tursam etarli,
Sogindim sizni yo Rosululloh.
Armon yuragimdan ketar to'kilib,
Borsam yoningizga etti bukilib,
Yiglagim kelyapti sizga tikilib,
Sogindim sizni yo Rosululloh.
Rosti soginganim bir odamni bas,
Hatto otamnimas yo onamnimas,
Dunyodagi biror bir odamnimas,
Sogindim sizni yo Rosululloh.
Men o'zim yomonman lek ummat biling,
Sizning yodingiz ila salomat biling,
Arzimasam ham shafoat qiling,
Sogindim sizni yo Rosululloh.
Buyuk manzilimga etgim kelyapti,
Dunyodan to'ydim tark etgim kelyapti,
Siz ketgan tamonga ketgim kelyapti,
Sogindim sizni yo Rosululloh!!!


Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы посмотреть больше фото, видео и найти новых друзей.
Нет комментариев