Sog’indim… O'zi mani yaxshi ko'raszmi? – degan savollaringni. Sog’indim… Har kech o’tgan samimiy suhbatni. Sog’indim… Uzun salom berib quvnoq kulishlaringni. Sog’indim… Beg’uborligingni, hech hafa qilmas so’zlaringni, samo mukammal yaratgan husningni, ta’riflab bo’lmas, doim ayb qidirganda ojiz qoladigan xislatlaringni. Sog’indim… Derazadan osmonga termulib hayol surishingni, yomg’irni kutishingni, yomg’irda esa yo’qotgan narsasini topib olgan odamdek quvonishingni. Sog’indim… O’sha ilk uchrashgan ko’chamizni, o’sha bog’ni, birinchi o’rindiqdagi birga o’tirishimizni, uzoq yo’ldan olib kelingan muzqaymoqni shoshib yeyishni. Sog’indim… Yo’l uzoq bo’lsada, yayov yurishni, qo’rqinchli odamni ko’