Mendan nima qolar, ikki misra she'r, Ikki sandiq kitob, bir uyum tuproq, Odamlar ortimdan nima desa der, Men seni o'ylayman o'zimdan ko'proq, Lola-lolajon, lola qizg'aldoq. Men ketsam, yomondan yiroq bo'l ohu, Chunki sen chiroyli, ko'rkli bir juvon, Yomon kunlar bir kun, yaxshi bo'lar-u, Yomon inson yaxshi bo'lmas hech qachon, Yasha chegarada turgandek ogoh, Lola-lolajonim, Lolaqizg'aldoq... {M.Yusuf}