Kuzda yolg`iz gulagan daraxt
Sen dardimni o`zing bilasan
Sevgilimning orzusi sabab
Kuzda yolg`iz gullab turibsan.
Armonlarim gulga aylanib
Orzu qilgan bahorim keldi
Yana bir on yashadim to`yib
Kuzda menga bahorni berdi
Kuzda yolg`iz gullagan daraxt
Ketishingni bilib turarsan
Lekin sevgan bahoring uchun
Sen qishda ham gullab berarsan
Meni kechir gullagan daraxt
Erta gullab ko`nglimni olding
Mensiz sevgim yashashi uchun
Har faslda abadiy qolding.