Man bulutni oq deb yuribman. Yuragingiz buncha pok Ona. O'zga yurtda ishlab yuribman, Dunyo manga o'yingoh Ona. Axvolimni so’rasangiz gar. Har galgidek holim chog'Ona. Kuzmunchoqlar kerakmas manga. Alloh manga kuzmunchoq Ona! Duoingiz asraydi jonim, Ko'nglim mangu yashnagan bog'dir. Yolg'onlarga o'rgatmagansiz. Xaqni izlab yuragim chog'dir. Oq sutingiz oqlayman Ona. Ma’suliyatni xis eta oldim, Kerak bo’lsa dunyodan tona. Oila g’amin zimmamga oldim. Musofirlik ichra yuribman. Jonim muzlab sovuqda mana. Bugun jindek xayol suribman. Siyratingiz sog’inib Ona. Qani endi bir bor tutsaydim. Mexnatlardan tolgan qo’lingiz. Bu yerlarda xech kimsa Ona. Bosolmaydi sizning o’rningiz. Bolam qachon kelarsa