Omading kelsa chopib,Rizqingni chala termagin.Besh olti so'm pul topib,Otangga dars bermagin.Sen surgan shu davrni,U bir paytlar surgan.Sen ko'rgan shu xo'rosni u jo'jaligida ko'rgan.Beshigingni tebratib,Onang oldida turgan.Besh olti so'm pul topib,Otangga dars bermagin.Senday aqli rasoni keltirdiku u dunyoga,Ulg'aytirdiku chidab qancha jabri-jafoga.Senga o'xshash donolar yoqmas hatto xudoga,Besh olti so'm pul topib,Otangga dars bermagin.Farzandlaring oldida sen otangga urma do'q,Duo bersa bahra ol undan ko'ngling bo'sin to'q.Bazi millionerlarda xar narsa bor ota yo'q,Besh olti so'm pul topib otangga dars bermagin.Sen yashagan uylarni otang qo'yganda qurib,Bir paytlar qinalib ne ne azoblarni