Nafsni jilovingga olmoq bo’lsang gar,
Qorning to’ymasidan taomga to’ygil.
Gullarni hidlashdan to’xta birodar,
Qabr kavlashni ham o’rganib qo’ygil!
Ajal o’qi aniq, bir kun yetgusi,
Shoshmasdan, xotirjam halok etgusi,
Otang bor, onang bor – ertan ketgusi
… Qabr kavlashni ham o’rganib qo’ygil!
Bitgan gulzorlaring so’lar ertaga,
Umr kosasi ham to’lar ertaga,
Baland minoralar qular ertaga,
Qabr kavlashni ham o’rganib qo’ygil!
Birov horma demas, tolsang yugurib,
Yordam ham berolmas ahvoling ko’rib,
Mard bo’l-da, o’rningdan bir sapchib turib,
Qabr kavlashni ham o’rganib qo’ygil!
Mayli, ko’chat ekkin ertani ko’zlab,
Mayli hosilin ham totgil yolg’izlab,
Lek qolmayin des
Garchi shuncha mag'rur tursaxam, Piyolaga e'gilar choynak. Shunday e'kan manmanlik nechun, Kibr-havo nimaga kerak. Kamtarim bo'l do'stu-birodar, O'tma g'urur ostonasidan. Shuning uchun inson piyolani, Opar doyim peshonasidan!!!!!