Mini yubka kiyar qizlar,
Ko'zimizni o'ynatib.
Keyin qayga qochasizlar,
O'zingizga o'rgatib.
Zamon-zamon deymiz asli,
Ko'payib ketdi qizlar.
Arzon bo'ldi bir qiz vasli,
Kimlar chin sevgi izlar.
Xiyobonda "sevishganlar",
Xilvat joylar band bo'lgan.
Shu-da sevgi deyishganlar,
Xilvatda sevgi o'lgan.
Qizlar mag'rur bo'ling albat,
Manman bo'ling demayman.
Ortingizdan aytsin raxmat,
Baxtingiz naqd degayman.
Ota-onang qilsin duo,
Ko'chada yurma sayoq.
Yo'ldoshing bo'lsin hayo,
Yomon yo'lga bosma oyoq.