"Ada, oyim nimaga uyg'onmayaptilar?" Jajji bolakayning savoli shundog'am siqilib turgan dadasining yuragini ezdi. Ög'lini tizzasiga ötqazdida, peshonasidan öpdi. "Oying ög'lim, rosa charchagan. Endi bir-necha kun uxlab, yaxshilab dam olishi kerak" Bolakay indamadi. 5 yoshli bolakay onasining og'ir kasalligini ancha oldin fahmlagandi. Shifoxonaga dadasi körishga olib borganida, oyisi uni quchib rosa yig'lagandi. Dadasi oying tuzalib ketadi, keyin shifoxonadan javob berishadi degandi. Oyisi uyga qaytganida bola oyim tuzalibdilar deya rosa sevingandi. Öy-hayollari özidek sof murg'ak bola oyisiga boshqa sababdan javob berib yuborishganlarini bilmasdi. Har kungidek örniga yotarkan bolakay osmonga