Uzatdilar bahorni yozga, ammo bahor sevardi kuzni, yosh tanlamas ekan muhabbat, kuz ham jondan sevardi qizni. Bir umrga kuydirib o'tdi, gulbahorni g'amga qo'yib yoz, uyoqdachi kuzni tergarlar, muhabbatdan ochma deb ovoz. Essiz umr o'tdi hijronda, muhabbatga tekkanmi qarg'ish, bahor yig'lar, yoz saratonda, kuzni esa quchar sovuq qish. Bu pishmas savdomi deb yuboraman, chorasiz qolganda ishq bozorida, umidvor lek qalbim tilkaporaman, bir qismat bor deya yor ozorida. Mayli telba denglar mayli devona, nahot sevgi gunoh bizlar gunohkor, gulni bulbuliga aylab begona, kimning ko'ngli to'lar kimga qanday kor. Ichimga to'ldirib hasrat dog'larin, jim murab boryapman dilga bildirmay, ko'ksimni kuydurga