Bir muddat ortimga tashladim nazar,
Rangsiz xotiralar tushdi yodimga
Yosh bola paytimda yiglasam,onam,
Qo'shilib yiglardi,oxu dodimga.
Dard kelsa yoliqqan mendanda ildam
Jonimga malxamim,munis volidam
Tinch orom olmog'im o'ylab uxlamay
Tunlarin o'tkazgan bedor parvonam.
Turf a xil gullarni xidlash o'rniga
Mening tagligimmi xidlagan onam
Ushbu amallardan vofiq ALLOXIM,
ONAMGA,jannatni xidlat,iloxim.
ALLOXIM,sendan bir katta o'tinchim
Xech qachon namlatma,onam ko'zini
Otam suyagidan yaralgan xilqat
Yig'lasa,sen uchun yiglasin faqat