OQIBAT
Ota bölmay, tushunmaysan otangni,
Ona bölmay, tushunmaysan onangni.
Xavolarga sarv etmagin kuchingni,
Ado etgin sen farzandlik burchingni.
Sen yolg`onchi yaldolarga uchmagin,
Molu dunyo, tillolarga uchmagin.
Senga yordam bergay rözi oxirat,
Oqibatdir, oqibatdir, oqibat.
Onang poyin bir bor tavof aylasang,
Wu amal deb ne tong jannatga tuwsang.
Agar bugun xabar olsang otangdang,
Bu yaxwilik erta qaytar bolangdan.
Savoblarga tölsin desang gar rözim,
Oqibatning jilovin qöyma döstim.
Onang g'animatdir bilgin ey dilband,
Otang g'animatdir bilgin ey farzand. . .