Qay zamonda aroq ichgan O'zbegimning qizlari, Avvallari ko'rinmasdi ayyollarning yuzlari. Muloyim-u dono edi aytgan har bir so'zlari, Qani endi qaytib kelsa o'sha O'zbek qizlari. Begonaga qarash tugul hatto yaqin bormasdi, Ovozini qandayligin qo'shni erkak bilmasdi. Uy ishini qilishdan-u, ibodatdan qolmasdi, Qani endi qaytib kelsa o'sha O'zbek qizlari. Video, xiyobonlar u paytlarda bo'lmasdi, Bo'lganda ham qizlar u joylarga bormasdi. Ota-onasining gaplarini hecham ikki qilmasdi, Qani endi qaytib kelsa o'sha O'zbek qizlari ?!?!?