Birinchi qor birinchi diydor,Birinchi ishq birinchi izxor. Sening isming-"yuragim ismi",Anglab yetdim men birinchi bor. Qorlar yog'ar har yil "birinchi"Biz yashaymiz hanuz u ishqda. Buziladi ko'nglimning tinchi,Xarir qushlar aytgan qo'shiqda. Men o'zimni unutdim butkul, Sendan topdim hayollarimni. Kel qo'limdan bir laxza tutgil,Ko'zimdan art savollarimni. Yog'ayotgan bular qor emas,Maloyiklar sepayotgan nur. Bizga doim madad hamnafas, Muhabbatga bo'lsin tashakkur!!!