Мы используем cookie-файлы, чтобы улучшить сервисы для вас. Если ваш возраст менее 13 лет, настроить cookie-файлы должен ваш законный представитель. Больше информации
Dunyodan kechdim mana
Yolg’izman bugun yana
Qo’lim ishga bormaydi
Sizni sog’indim Ona
Xar shom-u-saharlarda
Yurganda xatarlarda
Musofir shaxarlarda
Sizni sog’indim Ona
Do’stlarim ovutsa xam
Dilimni yoritsa xam
Dardimni aritsa xam
Sizni sog’indim Ona