O'zim bilib-bilmay ko'p gunoh qildim, Mo'lroq yashab qo'ydim mo'ljaldagidan. O'lsam bo'lmasmidi ko'kka tikilib, Maysalar ustida, gulning tagida... Yashashdan charchadim, zerikib ketdim, Mening tor ko'nglimga sig'mas bayramlar. Dilimga ilonning tillari yetdi – Po'st tashlab, turlanib yurgan nayranglar. Endi kun ko'rishim qiyindan- qiyin, Endi havolar ham og'irdan-og'ir. Achchiq-achchiq yig'lab, yo'l yurgan sayin Uzun-uzun bo'lib sudralar xotir. O'zim bilib turib, ko'p gunoh qilib Ko'proq yashab qo'ydim mo'ljaldagidan. O'lsam bo'lmasmidi ko'zlarim tinib, Suv ichgan chog'imda qizning kaftidan. Endi meni qiynar qiyoqning guli – Nozik kapalakning hidsiz qanoti. Endi meni qiynar vaqtida o'lib, Men