Samarqandda Ulug'bek ko'zyoshiga cho'mdim men,
Lavhul Mahzunni o'ylab, Xaq amriga ko'ndim men.
Yer usti boyliklarin, tortar ekan yer osti,
Xizr yoniga nodir xazinamni ko'mdim men.
Yana tonglar otib kun kulgaymi-kulmagaymi,
Kimni boy berdi dunyo, bilgaymi-bilmagaymi ?
Sayyoralar yuz yilda yozarkan bir dasturxon,
Bunday mexmon ming yilda kelgaymi-kelmagaymi ?
Yurt boshiga tosh tushsa, Yurtboshiga tegar tosh,
Yurtboshidan tosh uchsa, Yurtboshiga tegar tosh.
Mana, toshyuraklar xam eridi sel-sel bo'lib,
Mana, ko'zi qizarib, elka silkib egar bosh.
Registon maydonida tush ko'rganday yurdim men,
Uyg'onay deb yuzimga ko'zyoshdan suv urdim men.
Shoxizinda yonida farishtaday oqsoqol,
" E