Berar ham xudodir, olar ham xudo Erkak yig'lamasin, davlat ketsa ham Hech kimsa bo'lmasin baxtidan judo Erkak yig'lamasin, omad ketsa ham Berganda shukur qil, olganda sabr Shoshilib o'zinga qazmagin qabr Yigitchilik darsin o'qimasdan axir Erkak yig'lamasin, faqat sinsa ham Yiqilsang ustingdan kuladi nomard Aslida aybing yo'q biladi nomard Shoshma, o'zi qaytib keladi nomard Erkak yig'lamasin, dushman kulsa ham Yigitning parvozda qanoti do'stdur Yigitning so'ngida najoti do'stdur Yigitning hayoti mamoti do'stdur Yigit yig'lamasin, chin do'st ketsa ham Pul bor joyda biling do'st bor dushman bor Pul bor joyda biling rost bor yolg'on bor Pul bor joyda biling nas bor shayton bor Erkak yig'lamasin,