Boshi toshdan bo'lsin erkakni doim,Bolasi och qolsa qiyomat qoyin,Xotinni zaxridan asra xudoyim,Ko'chaga chiqadi tirikchilikda nimalar bo'lmaydi yigitchilikda,Kimgadir quchog'in ocharkan bozor,kimdir hunar bilar kimdir mardikor,kirakashlik qilar mashinasi bor,kimdir mehnat qilar sherikchilikda,nimalar bo'lmaydi yigitchilikda,qancha uzoqlarni yaqin qilasan,tuproqni xam elab oltin qilasan,o'zingdan o'tganing o'zing bilasan,taqdirga tan berma bu yo'qchilikda, nimalar bo'lmaydi yigitchilikda