O'zimni aldayman sog'inadi deb, bu ko'nglim baridan ovinadi deb, o'zimni aldayman aldayman xadeb, sog'insa ko'zimga ko'rinadi deb ! o'zimni aldayman ko'zda yosh tomchi, yuzlarim yoshlarga xudduki ovchi, o'zimni aldayman dardni yashirib, gulimga bu kecha kelmadi sovchi ! ne balo muxabbat ne balo nafrat, ko'zimni qopladi uyg'unsiz g'aflat, o'zimni aldayman sevanu lek, o'zimcha aytaman bariga la'nat ! sevmayman deymanu ko'ngil qo'ymaydi, armonga ne uchun yurak to'ymaydi, sevishar ikki dil orzular qilib, nu uchun ikkisi birga bo'lmaydi ! qaysidir gunohning jazosimi bu, kimningdir uchundek xatosimi bu, xayotda boricha bilganlarim shu, sherlarim armonning davosimi bu?