Payg'ambarim bor degan,
Menga olloh yor degan,
Kofir xalqi xor degan
Musulmonlar yashasin.
Dilga tugib iymonni,
Hatto do'st deb ilonni,
Qo'lga olgan Qur'onni
Musulmonlar yashasin.
Besh vaqt namoz o'qigan,
Ro'za tutmoq farz degan,
Halol luqma-osh yegan
Musulmonlar yashasin.
Ozor yetkazmas sira
Qo'lidan yo tilidan
Aslo chiqmas dinidan
Musulmonlar yashasin.
Volidasi duogo'y,
Padarlari Xudojo'y,
Yetimlarga so'ygan qo'y
Musulmonlar yashasin.
G'iybat otin cho'hlamas,
Mish-mish qilib so'zlamas,
Odamlarga do'g'lamas
Musurmonlar yashasin.
Gina saqlab yurmagan,
Tuxmatga bosh urmagan,
Yuzga niqob surmagan
Musulmonlar yashasin.
Totgan ilm bulog'in,
Yoqqan bilim chirog'in,
O