Bir mamlakatga o'lat kasalligi keladi. Odamlar o'latdan so'rashdi "O'zing bilan qancha odamni olib ketasan?". O'lat "500 ta odamni" deb javob beradi. Shundan so'ng mamlakatda kasallik boshlanib ko'p odamlar o'ladi. Kasallik chiqib ketayotganda odamlar o'latdan so'rashdi "Qancha odamni olib ketding?". O'lat 5000 deb javob beradi. Shunda odamlar sen kelganingda 500 ta deganding nega bizni aldading deyishadi. Shunda o'lat "Aldaganim yo'q men 500 ta odamni o'zim bilan olib ketdim, qoldan 4500 odam vahimadan o'ldi" deb javob beradi. Xulosa qilaylik azizlar! Barchamizni Olloh o'z panohida saqlasin.