Uzatdilar bahorni yozga, Ammo bahor sevardi kuzni.Yosh tanlamas ekan muhabbat, Kuz ham jondan sevardi qizni.Bir umrga kuydirib o'tdi, Gul bahorni g'amga qo'yib yoz.Uyoqdachi kuzni tergarlar, Muhabbatdan ochma deb ovoz.Essiz umr o'tdi hijronda, Muhabbatga tekkanmi qargish.Bahor yig'lar yoz saratonda, Kuzni esa quchar sovuq qish!