Dunyoda hech kimga ishonmay qo'ydim,
E'tibor yolg'onchi, mehr omonat.
Minnat taomlarga bearmon to'ydim,
Chiroyli sarobdek ekan diyonat.
Meni ardoqlagan qo'llar o'tkinchi,
Sha'nimga otilgan gullar o'tkinchi,
Muhabbat ulashgan dillar o'tkinchi,
Eng oson yumush bunda xiyonat.
Savollar javobsiz, va'da vafosiz,
Yurakka o'rnashar dardlar davosiz,
Yasholmay qolishdi kayfu safosiz,
Ko'ngil uchun armon bo'ldi halovat.
Odamlar qo'ynida tosh olib yurar,
Sen o'ssang, soyanda davrini surar,
Yiqilsang, toshini ko'ksingga urar,
Nahot qalbga hokim bo'ldi zalolat?!
Qadring bilishmasa, yig'lama, do'stim,
Xiyonatdan bag'ring tig'lama, do'stim,
G'aflat dunyosida uxlama, do'st