Erkak qachon yig'laydi ? Do'stlari bilan ko'chada ketayotib yo'lninG bir chetida otasini mast xolda yotganini ko'rib erkak yig'laydi. Erkak qachon yig'laydi ? Farzandining tobuti qanchalik og'ir bo'lmasin ko'tarishga majbur bo'lib erkak yig'laydi. Erkak qachon yig'laydi ? Onajonisi olamdan o'tganidan keyin unga qo'l siltab ketganini eslab erkak xun xun yig'laydi. Erkak qachon yig'laydi? Dushmanining bergan zarbasidan emas o'sha zarbada do'stining qo'li borlini bilganida erkak yig'laydi. Erkaklar yig'laydi siz bilmaysiz. Dunyoga kulib qarab so'ng panada berkinib erkak yig'laydi. Erkak yig'laganda ayol buni bilmaydi. Ayollar yig'lagan narsaga erkak yig'lamaydi.
Bilmadim kambagal, yo boyni qizi Yaxshi yo yomon insonni qizi, Lekin musulmonsan unutma buni O'zbekka o'xshagin o'zbekni qizi. Evropa qiziga o'xshama aslo Satanga o'xshab bo'yanma aslo Momolaring kabi bo'lgin sen dono O'zbekka o'xshagin o'zbekni qizi. Erkaklar gap otsa ko'zingni suzma, Shayton gapiga kirib aslo buzulma Erkakka tik boqma yerga qaragin O'zbekka o'xshagin o'zbekni qizi. O'zbeksan sof o'zbek tilda gaplashgin Ovozing ko'tarmay go'zal so'zlashgin Behuda so'zlamay quro'n o'qigin, O'zbekka o'xshagin o'zbekni qizi. Sigaret chekishlar, aroq ichishlar Nomaqul so'z so'zlab, so'kinishlar Senga hech mos emas o'zbekni qizi O'zbekka o'xshagin o'zbekni qizi. Sen ayolsan unutma erkak emassan