Bedor yurak yiģlar tinmasdan,
Ayriliqqa sira kunmasdan,
Unutolmay yashayman xamon,
Bevafoni sevdim bilmasdan.
Gaplariga qaydanam uchdim,
Uni deya har nedan kechdim,
Undan qolgan datdlarni quchdim,
Bevafoni sevdim bilmasdan.
Yashar bòldim kuyib hijronda,
Ayriliqning òti yamonda,
Òzim aybdor òzim nodonda,
Bevafoni sevdim bilmasdan.
Umrimni baxsh etgandim unga,
Ne azoblar berdi u menga,
Rahm qilmay shirin jonimga,
Bevafoni sevdim bilmasdan.
Kòzyoshlar tark etmas yuzimni,
Bir bor tinglamadi sòzimni,
Qadrim bilmadim ózimni,
Bevafoni sevdim bilmasdan.