Ota qurgan imoratni, O'g'il buzganin ko'ring. Ona bog'lagan ipni, Qizlar uzganin ko'ring. Kim do'stman deb qo'l berib, So'ng dushmanga qo'shilib, O'z uyingda yig'ilib, Majlis tuzganin ko'ring. Ko'ring telba yo'llarni, G'aflatgoh ko'ngillarni, Gulday qiz singillarni, Ko'cha kezganin ko'ring. Qizda yo'q or pardasi, Erda yo'q erlik darsi, Bu qiyomat nafasin, Ahad sezganin ko'ring. Pul uchun, tillo uchun, O'tkinchi g'avg'o uchun, Aka uka bir birin, Go'rin qazganin ko'ring. Bir ustozdan olib dars, Hunaridan bo'lib mast, So'ng unga qilib g'araz, Yo'lin to'sganin ko'ring