Agar sizni hayot sinasa, Orzu dardlar ila siylasa, Qalbingizni gumon qiynasa sabr qiling bari o'tadi. Do'stlaringiz aldab ketsa ham, Joningizdan o'tib ketsa g'am, To'g'ri bir oz qiladi alam, sabr qiling bari o'tadi. Boshingizga tushsa tashvishlar, Tuxmat bilan otilgan toshlar, Bo'g'zingizga kelsa mish-mishlar, sabr qiling bari o'tadi. Hayot sinar barcha insonni, Yengarmikan deya yolg'onni, Unutmaylik Parvardigorni. sabr qiling bari o'tadi!