Ko'zlarimda suratingiz,
Dardlarimni bilolmaysiz,
Yig'lamaydi yuragingiz
Siz mendayin sevolmaysiz!
Siz tilagim desangiz xam,
Qon yuragim desangiz xam,
Yuz yil yig'lab sevsangiz xam,
Siz mendayin sevolmaysiz!
Chidolmaysiz qiynoqlarga,
Xijron otli firoqlarga,
So'ng ketasiz firoqlarga
Siz mendayin sevolmaysiz!
Jon beray bir so'zingizga,
Yoki tikilib ko'zingizga,
Jabr qilmang o'zingizga
Siz mendayin sevolmaysiz!
Ko'z o'ngimda nigoxingiz,
Dardim og'ir bilolmaysiz,
Chunki yolg'iz gunoxingiz,
Siz mendayin sevolmaysiz!
SIZGA
Sizning
borligingiz
naqadar
yaxshi,
Dunyoda
gullarning
borligi
kabi...
Sizning
borligingiz
naqadar
yaxshi,
Yashil
Maysalarning
ovozi
yanglig‘.
Sizning
Borligingiz
naqadar
yaxshi,
Muqaddas
so‘zlarning
mavjudligidek...
Sizning
borligingiz
naqadar
yaxshi,
Samimiy
qo‘llarning
ehtiromidek.
Sizning
borligingiz...
Bu go‘zal ma’vo,
Osmon kabi go‘zal,
osmon kabi keng.
Sizning
borligingiz
naqadar
yaxshi,
Dunyoda
borligi
kabi XUDOning!!!
Kunlarimda azoblar hamon
Yetolmadim orzular tamon
Ko'zlarimni yoshlab ketgan
Ko'zlaringni sog'indim yomon..
Sevaramga xotira..
Netay senga atab tergan gullarim
Qo'lingamas qabringa qo'ydim..
Sensizlikdan yomon kuydim
Nechun meni aylading yolg'iz
Naxot endi qaytib kelmaysan
Topolmayman sen yo'qsan izsiz
Bu dardlarga chiday olmayman..
Gul ustiga qo'ngan kapalak
Qani endi men bo'lib qolsam
Hechqachon nolimas edim
Mayliga gar bir kun yashasam
Gullardayin gul jamolingni to'yib - to'yib
Hidlab olardim so'ng unutib
Borar yo'limni ko'zlarimni asta yumardim
Netay seni unutolmasam
Yuragimda qolib ketdingku..
Sevgilingni aylab bechora
Sevgimni sen armon etdingku
Nega endi hayot
(1917-1983)Adib, yirik davlat arbobi Sharof Rashidov 1917 yilning 5 noyabrida Jizzaxda dehqon oilasida tavallud topgan, Narimonov maktabida tahsil ko‘rdi. 1934 yilda Jizzaxdagi pedagogika texnikumini, 1941 yilda Samarqand dorilfununini tugatadi. Shundan so‘ng muallim va muxbir sifatida o’z faoliyatini boshlaydi.1938-1941 yillarda Samarqand viloyatining «Lenin yo‘li» ro‘znomasida ishlaydi. 1941-1942 yillarda Ulug‘ Vatan urushida qatnashadi. Frontdan qaytgach, 1944-1947 yillarda rahbarlik ishiga o‘tadi. Samarqand viloyat partiya kotibi bo‘lib faollik ko‘rsatadi,1947—1949 yillarda «Qizil O’zbekiston» ro’znomasiga muharrirlik qiladi. 1940-1950 yillarda O’zbekiston Yozuvchilari uyushmasi raisi, 1
Men Seni Sevaman kapalak bo'lib,
Seni axtaraman ochilgan guldan.
Men Seni Sevaman bir gul misoli,
Madhingni tinglayman xofiz bulbuldan. love
Men Seni Sevaman soylarda oqib,
Dengizim, Sen tomon suzaveraman.
Men Seni Sevaman Majnun misoli,
Sahrolarda kezib izlayveraman. love
Men Seni Sevaman quyosh misoli,
Nurga to'ldiraman bag'ringni har tong.
Men Seni Sevaman oftob misoli,
Osmonim, poyinga tiz cho'kib har shom. love
Men Seni Sevaman sherlarim bilan,
Yuragim xonishi baytlarda oshkor.
Men Seni Sevaman bor qalbim bilan,
Faqat Seni qo'msar takror va takror... love
Men Seni Sevaman har dam sog'inib,
Bizlarni ayirgan vaqtni tilkalab.
Kutganim, kutaman to diydorgacha,
Bax