Janobi payg'ambar hayit namozini o'qib chiqayotganlarida ko'chani chekkasida yerga qarab yig'lab o'tirgan 4 yoshlardagi yetim bolani ko'rdilar. Boshqa bolalar tuyalarga minib, ota- onalari qo'llariga shirinlik tutgan kunda haligi bola g'amgin edi. Payg'ambar s.a.v. shu bolani oldiga bordilar va so'radilar: - Nima uchun yig'laysan, ey bola? - Men yetimman yo Rasululloh. Mening otam ham, onam ham, aka-opalarim ham yo'q. Janob payg'ambar s.a.v. bag'irlariga bosib, peshonasini silab: - Yoshlikda men ham yetimlikda o'sdim, katta bo'lgach qavmim meni sig'dirmay boshqa shaharga hijrat qildim, - dedilar. Yana boladan so'radilar: - Sen ota-onalik, aka-ukalik bo'lishni hohlaysanmi? - Albatta hohlayman