Inesta: «Milan»dan o'tishimizga to'liq ishonaman» «Barselona» yarim himoyachisi Andres Inesta «Milan»ga qarshi kechadigan bahsda jamoasining kerakli natijani qayd etishiga ishonmoqda. «Milan»dan o'tishimizga to'la ishonaman. Birinchi uchrashuvdagi natija bizga qiyinchilik tug'dirishi aniq. Keyingi bosqichga chiqishimiz oson bo'lmaydi, lekin bu iloji yo'q ish emas. Bu uchrashuvda xuddi final kabi harakat qilishimiz kerak. Oldimizdagi 90 daqiqani xuddi shunday ruhda o'tkazishimiz kerak. Umid qilamanki, muxlislarimiz ham bizga ishonishadi»,- deydi futbolchi.