Onangizni qo'llarini o’pib qo’ying, O’sha qo’llar tebratganku beshigingiz. Bolam kelsa kutmasin-deb onaizor, Ostonada poylab turgan eshigingiz. Sizning sarmast xayolingiz ketgan balkim, Chaman aro ochilgan bir go’zal gulga. Mehringizni berdingizmi, tongga qadar, Yo’lingizni poylab chiqqan munis dilga. Bu g'animat kunlar esa o’taverar, Ostonada mangu qolmas sarg'ayib dil. Boshingizni silagan bu qo’llar uchun, Imkon topib uzating siz, bir dona gul!
Ko'nglimda bir dunyo tuyg'u, Siz ko'nglimni topa olmaysiz. Siz istagan daryo bo'laman, To'g'on bo'lib yopa olmaysiz. Tushlarizga kirmasman hech ham, Ko'zlariz ham tushmaydi sira. Man azobman sizni suyagan, Tuyulganda duyolar hira. Man hayolman sizga ovunchoq, Dardlarizga malham bo'laman. Sizku mani topa olmaysiz, Siz topgan kun ketgan bo'laman...