Nechun tomchilaydi ko'zlaringdan yosh, Ne sir majbur etdi egishingga bosh. Ilk sevgi o'g'risi, ey sevgi sotar, Yo erib bitdimi, qalbingdagi tosh. Yo qaytadan chaqnab shahlo ko'zlaring, Qalbingga ilk sevgi o'tini soldi. Sehrgar muhabbat qamrab, xayoling, Boshdan ayriliqning pardasin oldi. Ko'zgni sindirib, mushkul yamamoq, Ishqsizga nachora, ishq kuyin chalmoq. Garchand qaytarsangda, avval asliga, Baribir ko'zguda qoladur yamoq. Ilk sevgi yurakni o'rtaydibir bor, Gar qadring bilmayin, aylar bo'lsang xor. Ko'zingdan yosh to'kib, yuz yil yursangda, Aslo qaytmaydi u, qaytarish dushvor.