Qo'llarimni ochib duoga
O'zim uchun so'raganim yo'q
Ming bor shukur qilgum xudoga Taqdirimdan butkul ko'nglim to'q
Hayot achchiq, bu dunyo xasis
Sinovlarda siylaydi doim
Bir sevgim bor hammadan aziz
Panohingda asra xudoyim
Yosh oqmasin qaroqlaridan
Nur o'chmasin nigohlaridan
O'zing kechib gunohlaridan
Panohingda asra xudoyim
Mendan olib unga bersang ham Boshqalardan baxtin qilma kam
Pok ko'ngliga to'lmasin alam
Panohingda asra xudoyim.