Dilda ishonch bo'lsin ertangi kunga, Goho taqdir sinar ekan odamni. Ming shukrona aytib har, yangi kunga, Faqat olg'a bosmoq kerak qadamni. Ko'zlagan cho'qqiga yetmoq osonmas, Baxt yo'li uzundir tekis ravonmas. Garchi har qadamda to'siq davonmas, Faqat olg'a bosmoq kerak qadamni. Izzating toptalib yo'qotsang qadr, Mehnatinga javob bo'lsa ham jabr, Sof qalbinga ishon qilaver sabr, Faqat olg'a bosmoq kerak qadamni!!!