₪₪₪ XUDO umrin bersa, yashayversa to'q, ayting kimning yuz yil yashagisi yo'q? Lek ko'ngil tubida yuz ochar bir cho'q, BIR KUNDA BIR SOAT DO'ST UCHUN YASHA. Qafasga sig'maydi orzular qushi. Joningni chimchilar ro'zg'or tashvishi. Ayt poyon topgaymi bu dunyo ishi? BIR KUNDA BIR SOAT DO'ST UCHUN YASHA. Dasturxon to'ldirma, topganingni qo'y. Mayli qadah tutma, diydoriga to'y. Ostonangda kulib, ko'rsatganda bo'y. BIR KUNDA BIR SOAT DO'ST UCHUN YASHA. Kimdir gul uchunu, kim, pul uchun yashar, Quyosh ko'kda kuyib, nur uchun yashar, Saman diydor topgan dur uchun yashar, BIR KUNDA BIR SOAT DO'ST UCHUN YASHA ₪₪₪