19-mart! 2/731...
Chiroyli qizlarda vafo yo'q derlar,
Qarab qo'yishsaham sezgim kelmaydi.
Kimni sevsa sevar o'sha go'zallar,
Chiroyli qizlarni sevgim kelmaydi.
Bir bora kuyganman bezib bo'lganman,
Yana sevib kuyib bezgim kelmaydi.
Bir kuni boshimga balo bo'lar deb,
Chiroyli qizlarni sevgim kelmaydi.
Yo tangrim qudrati deymanu goho,
Ulardan ko`zimni uzgim kelmaydi.
Ammo o'z bilganim o'zimga ravo,
Chiroyli qizlarni sevgim kelmaydi.
O'zimning so'zimdan o'zim qo'rqaman,
Alamli bu she'rni cho'zgim kelmaydi.
Faqat bir bevafo qizni deb holos,
Chiroyli qizlarni sevgim kelmaydi.