Мы используем cookie-файлы, чтобы улучшить сервисы для вас. Если ваш возраст менее 13 лет, настроить cookie-файлы должен ваш законный представитель. Больше информации
Ey odam sen uchun birov ko'rmas tushingni,Avvalo hudo deb bilib qilgin ishingni.Zolim bo'lib qolma yig'ib olgin hushingni.Hudo hor qilganni bandasi bor etolmas.Hudo yor bilganni bandasi hor etolmas.Bu dunyo ohirat uchun paykaring bo'lar.Yaxshi yo yomoning umr sayqaling bo'lar.Poyingda yotgan tosh balki haykaling bo'lar,Hudo hor qilganni bandasi bor etolmas.Hudo yor bilganni bandasi hor etolmas.Hasading bor bo'lsa, nazardan qolding demak,Qalbingga do'zaxdan laxja cho'g' solding demak.Tavakkulni bilsang Haqni tan olding demak.Hudo hor qilganni bandasi bor etolmas.Hudo yor bilganni bandasi hor etolmas.Oy ming ozib to'lib quyosh joyin tutolmas,Yulduzlar ming tovlanib oy o'rniga o'tolmas.Har oda