Gul bandiga qush qo'nsa, gulbarglari to'kilmish,
Faqat mehnat deganning qaddi erta bukilmish.
Qani ayting dunyoda kim ikki bor tug'ilmish?
Bebaho bu umrni arzonlarga sotdikmi?
Ish deb, olov tandirga jonimizni yopyapmiz,
Ming chiranib-chirmashib, rizq qilganin topyapmiz.
Angladikmi dunyoda hoy-havas deb chopyapmiz,
Bebaho bu jonimiz - xazonlarga otdikmi?
Na taninga shafqating, na bir orom oning bor,
Shukur ayla ey inson, yemoqqa tuz, noning bor.
Tangrim omonat bergan, bittagina joning bor,
Jon berganni unutar zamonlarga yetdikmi?
Ha musofir yuking og'ir "yugur... yur... yo emakla..."
Tanga orom berib tur, huzur-hushla ermakla.
Va umiding uzmagin - Tangrim berar "ko'mak"dan,
Yo bu ko'mak y
Bizga mos tushmadi bu ochun,
Men bir kas, sen esa farishta.
Birga boʻlolmadik, shuning chun
Endi uchrashguncha arshda.
Eslab qol, azizam
Eslab qol!
Ming yillar yotarman yutib yer
Va.. seni jannatda kutaman.
Sen oldinroq borsang, kutib tur,
Ortingdan albatta yetaman:
"Qarshi ol, azizam
Qarshi ol"
Firdavsda sevgini kashf qilib,
Yashaymiz, begona bunda gʻam.
Sen meni hurlardan rashk qilib,
Arazlab yurasan shunda ham.
Bu xush hol, azizam
Bir xush hol!
Gunohlar poyimdan tortqilab,
Qoʻymasa... havotir men shunga.
Oʻtolmay sirotdan men qulab,
Yetib borolmasam qoshingga:
Yaxshi qol, azizam
Yaxshi qol.
Aytmadimmi, men osiy banda
Bilardim, ma'voga sigʻmayman.
Shayton oʻtidanmas, oʻshanda
Men seni