Yuragim teparkan, sen unda tirik. Sensiz umrim kemtik, lekin xayoling Bahtli-yu omadsiz chog’da ham sherik. Sen meni o’ylama unutibdi deb, Chiqmasa ko’kda oy-sevgim timsoli. Hijrondan yuzini olmish yashirib Men ham dardim pinhon etgan misoli. Sen meni o’ylama unutibdi deb, Gar dil sog’inchingga bermasam javob. Qalbim talpinsada, yo’qdir huquqim Yurak unsizgina aylaydi xitob. Sen meni o’ylama unutibdi deb, Yoqib yuborgan deb ishq daftarchasin . Sening har bir so’zing gu’yo estalik Egallab turadi qalbim parchasin. Sen meni o’ylama unutibdi deb, Ko’zim olib qochsam kelganda u’tru. Mador yu’q qarashga ko’zlaringga tik, Sevgidan yodgordir ularga qayg’u. Sen meni o’ylama unutibdi deb, Faqat o’zing