Onang ketsa savlatlaring ketgaydir,Otang ketsa davlatlaring ketgaydir.Shu ikkala qo‘rg‘oningdan ayrilsang,Manglaydagi zar xatlaring ketgaydir.Otasi yo‘q cho‘lda qolgan giyohday,Onasi yo‘q rangi ro‘yi siyohday. Kimning agar qo‘rg‘onlari yiqilsa,To‘rt tomondan to‘rt ming ozoryetgaydir.Nari borsa to‘rt yil kutar dildoring,O‘n yil kutar sadoqatli do‘st-yoring.Lekin otang sabr toshga aylanar, Onang qirq yil ko‘z yummayinkutgaydir.Otang o‘lsa, o‘ldi dema hayot u,Ko‘ksingdagi so‘nmaydigan bayot u.Nogoh agar yo‘llaringda qoqilsang,Onang ruhi qo‘llaringdan tutgaydir. Boshingga ish tushganida sinab ko‘r,G‘amingga g‘am qo‘shganida sinabko‘r.Kimlaringdir sen deb ko‘z yosh yutarlek,Otang qilich, onang qo